AsosiyRekord

Eng uzun, eng sersuv, eng sernom...

Amudaryo nafaqat mamlakatimizdagi, balki mintaqadagi eng yirik daryo hisoblanadi. Mazkur d...

Amudaryo nafaqat mamlakatimizdagi, balki mintaqadagi eng yirik daryo hisoblanadi. Mazkur daryo Tojikiston, Afg`oniston, O`zbekiston va Turkmaniston hududlaridan oqib o`tadi. Turli davrlarda Oksus, Jayhun, O`kuz, Balx. Vaxsh, Amul deb nomlangan. Amudaryoning uzunligi1415 kilometrni tashkil etadi. Havzasining maydoni 309 ming km2. Afg`onistonda Hindukush tog`larining shimoliy yonbag`ridan 4950 m. balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Daryoga eng yirik va sersuv irmoq — Vaxsh qo`shilgandan so`ng Amudaryo nomini oladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga etguncha 1200 kilometrdan ziyod masofada boshqa irmoq qo`shilmaydi.

    Boshqa yangiliklar