1

​“YaGONA DARChA”: SOHA BO`YIChA VAKOLATLI IDORALARDA JAMI 1500 GA YaQIN QONUN BUZILIShI HOLATLARI ANIQLANGAN

Siyosat 27.11.2017, 09:43
​“YaGONA DARChA”: SOHA BO`YIChA VAKOLATLI IDORALARDA JAMI 1500 GA YaQIN QONUN BUZILIShI HOLATLARI ANIQLANGAN

Adliya vazirligi tomonidan kompyuter tizimi orqali markazlar bilan davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi idoralar o`rtasidagi mazkur jarayonlar doimiy monitoring qilib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilinishicha, davlat xizmatlari ko`rsatuvchi idoralarda olib borilgan monitoring natijasida o`tkazilgan o`rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan keskin choralar ko`rilmoqda.

Masalan, o`tgan oy yakuni bo`yicha mazkur soha bo`yicha vakolatli idoralarda jami 1500 ga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Shundan, 1000 dan ortiq qonunbuzilishi holatlari arizalarni ko`rib chiqishda aniqlangan bo`lsa, 70 ta holatda idoralar tomonidan tadbirkorlardan ortiqcha hujjatlar talab qilingan, 50 ga yaqin arizalarni ko`rib chiqish asossiz ravishda rad etilgan.

Ko`rilgan ta`sir choralari natijasida 75 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 5 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 103 nafar aybdor shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1