Akangiz yo ukangizni rafiqasidan qizg`anib, oila tinchini buzadigan qiz bo`lmang. Bu sovchilaringizning qulog`iga etsa, «to`ydan keyin bizning ham tinchimizni buzmasin» deb eshigingizni taqillatmasdanoq ortga qaytib ketsa-chi? Qolaversa, o`zingiz ham kimgadir kelinoyi yo kelin bo`lib, o`zga xonadonga borasiz.
- Kelinoyingizning qaysidir ishidan ko`nglingiz to`lmasa, darrov onangizga uning g`iybatini qilishga kirishmang. Bu bilan ular o`rtasiga sovuqchilik tushirib qo`yishdan ehtiyot bo`ling.
- Xullas, kelinoyingizning o`rniga o`zingizni qo`yib ko`ring-da, aql bilan ish tuting.
Kalit qanchalik omonat, nozik bo`lsa, sindirish uchun birgina harakat kifoya. Sizning xonadoningiz mustahkamligi kaliti esa shunchalik puxta bo`lsinki, hayot uni hech qachon sindirib qo`ymasin! «Mustahkam oila yili» hademay tarixga aylanadi, biroq ishonamizki va Yaratgandan so`raymizki, har yilda, hamisha o`zbek xonadoni totuv, mustahkam bo`laveradi!
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






