87 yoshli qo`shnimning o`g`li yaqinda vafot etdi. Shu o`g`lining ikkinchi oilasidan bo`lgan 10 yoshli qizi bor. Qo`shnimning nafaqasi bolaning ta`minoti uchun etmayapti. Pensiya jamg`armasiga murojaat qilib, nabirasi uchun boquvchisini yo`qotganlik nafaqasini olsa bo`ladimi? Moddiy tomondan ancha qiynalib qolishdi.
Tavakkalxon Siddiqova, Yuqori Chirchiq tumani
Boquvchisini yo`qotgan mehnatga layoqatsiz oila a`zolariga nisbatan boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini so`rab murojaat etish mumkin.
Agar boquvchining ish staji bo`lmasa, boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi tayinlanadi.
Buning uchun ariza, o`lim to`g`risida guvohnoma, vasiylik belgilanganligi haqida qaror, ish staji to`g`risida hujjatlar, tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma va boshqa zarur hujjatlar bilan birga yashash manzili bo`yicha Pensiya jamg`armasi bo`limiga murojaat etish tavsiya etiladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






