AsosiySUG'DIYONA
10853

TEMIR MODDASI — KAMQONLIKNING OLDINI OLIShDA…

'TEMIR MODDASI — KAMQONLIKNING OLDINI OLIShDA… 'ning rasmi

Bolajoningizning yuz terisi xiralashganmi? Boshi aylanib, holsizlanayaptimi? Tilining ustki qismida oq dog`lar paydo bo`lganmi? Ehtimol quvvati va ishtahasi ham kamaygandir? Agar bu belgilar te-tez shamollash bilan birga yuz bersa, bilingki, bola organizmi uchun temir moddasi zarur.

Foydasi: qonda gemoglobin miqdorini oshiradi, mushaklar va asab tizimi, shuningdek, quvvatni kuchaytirib, kamqonlikning oldini oladi.

Kunlik miqdori: 1-3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun 3 mg, 4-10 yoshda 45-60 mg va 12 yoshdan kattalar uchun 120 mg.gacha.

Me`yordan oshsa: tartibsiz qabul qilish natijasida ba`zan teri usti toshmalari, allergik dermatit, ko`ngil aynishi, qusish, diareya kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Muhim! V12 vitamini kalsiy, marganes va magniy (sut maµsulotlari, yormalar, qora choy) moddalari bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. V 3 vitamini (baliq va mol go`shtlari) bilan esa mosligi bor.

Profilaktika: kichkintoyingiz organizmi temir moddasiga ehtiyoj sezilmasligi uchun taomnoma va jismoniy mashqlarga diqqat qiling. Temir moddasi organizmga tushgach, yaxshi jismoniy harakat orqali singishi oson kechadi. Bolangiz uchun quritilgan turshak, mayiz, karam, olma, qizil lavlagi, sholg`om, sabzi kabi maµsulotlardan taomlar tayyorlasangiz, foydadan xoli bo`lmaydi. Baliq va mol go`shtlari tarkibida ham temir moddasi ko`p.

Dorixonalarda: bolaning yoshidan kelib chiqib hamda shifokor ko`rsatmasiga ko`ra FerrumLek, Maltofer, Ferronat kabi preparatlarni berish mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar