1

​HOMILADORLAR UChUN JISMONIY MAShQLAR

Salomatlik 27.11.2017, 13:03
​HOMILADORLAR UChUN JISMONIY MAShQLAR
  • O`tirgan holatda oyoq mushaklarini harakatga keltiring.
  • Kurak sohasiga yumshoq sochiq qo`yib, yoting. So`ng navbat bilan oyoqlarni yuqoriga ko`taring.
  • Qoringa og`irlikni tashlamagan holda, asta egilishga harakat qiling.
  • Kursiga o`tirgan holatda belni avval o`ngga so`ng chap tarafga qayriltiring.
  • Mashq gilamchasiga joylashing. Qo`llarni ikki yon tarafga oling. Oyoqlarni elka kengligiga moslang. So`ngra asta harakatga keltiring.
  • O`tirgan holatda oyoqlarni bir-biriga chalishtiring. So`ngra chuqur nafas olib, asta o`pkani bo`shating. Asta-sekinlik bilan qo`llarni yuqoriga cho`zing.
  • Mashqni yotgan holatda bajaring. Oyoqlar elka kengligiga moslangan. Qo`llarni yuqoriga ko`tarib-tushiring.
  • O`tirgan holatda elkalarni harakatlantiring. Imkoni bo`lsa, bo`yinni ortga tashlab, engil tortiling.
  • Qo`llarni kurak ortida birlashtirib, umurtqa pog`onasini harakatga keltiring.
  • Asta-sekinlik bilan oyoqlarni yuqoriga ko`tarib, tushiring. Mashq homiladorlikning ikkinchi uch oyligida bajarilishi mumkin.
  • Yotgan holatda qo`llarni birlashtiring. So`ng yana avvalgi holiga qaytarasiz. Oyoqlarning tizzadan pastki qismini harakatlantirasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1