Ta`mi
va yoqimli ifori bilan ajralib turuvchi dolchin ziravori nafaqat taom tayyorlashda,
balki xalq tabobatida ham keng qo`llaniladi. Agar dolchinga asal qo`shilsa, foydali
xususiyati ikki karra ortib, turli xil xastaliklarda asqotishi mumkin.
ARTRIT
Har kuni ertalab, 1 stakan qaynatilgan iliq suvga 2 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni aralashtirib qabul qilish artritga davo bo`ladi. Muolajaning muntazam olib borilishi artrit og`riqlaridan butkul halos bo`lish imkonini beradi.
XOLESTERIN
2 stakan iliq suvga 3 choy qoshiq dolchin va 2 osh qoshiq asalni aralashtirib ichish, qonda xolesterin miqdorini 10 foizga kamaytiradi. Agar sizni tana vazni bilan bog`liq muammolar qiynasa yohud qovurilgan taom va eguliklarni ko`p iste`mol qilsangiz, ushbu aralashmani kanda qilmang.
IMMUNITET
Tez-tez shamollayotgan bo`lsangiz, dolchin va asal aralashmasiga yarimta limon sharbatini ham qo`shing. Foydali mahsulotlar birikmasi bakteriyalar ta`sirini sustlashtirib, immunitetni mustahkamlaydi.
SIYDIK YO`LI YaLLIG`LANIShIDA
Yarim stakan qaynatib ilitilgan suvga yarim choy qoshiqdan dolchin va asalni aralashtirib, kunora qabul qilish siydik yo`llari yallig`lanishiga davo bo`ladi.
SOCh TO`KILIShIDA
Agar sizni soch to`kilishi tashvishga solgan bo`lsa, quyidagi usulni sinab ko`ring. 1 osh qoshiq ilitilgan zaytun yog`iga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchin ziravorini qo`shing. Aralashmani namlangan soch ildiziga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ngra iliq suvda chayib olasiz. Muolajani haftasiga bir marta bajarish kifoya.
HUSNBUZAR TOShSA....
1 choy qoshiq dolchinga yarim choy qoshiqda asalni aralashtirib, husnbuzar ustiga surtiladi. 15 daqiqadan so`ng aralashma iliq suvda yuvib tashlanadi. Muolaja bir hafta davomida kunora bajarilsa, yuz terisiga toshma toshishi kamayadi.
TISh OG`RIG`I
Yarim choy qoshiq asalga shuncha miqdorda dolchinni qo`shib, aralashtiring-da, dumaloq shaklga keltiring. So`ng uni og`riq berayotgan tishga qo`yib, bezovtalik tarqagunicha qoldiring.
UZOQ UMR KO`RISh UChUN
Muntazam dolchin va asalli choy ichish teri ko`rinishini yaxshilab, organizmni tetiklashtiradi. Xitoyliklar mazkur usul umrni uzaytirishini ta`kidlab, uni yoshlik eliksiri ham deyishadi.