AsosiySUG'DIYONA

YaNGIChA BELYaSh

'YaNGIChA BELYaSh'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 500 ml. qatiq, 3,5 stakan un, 120 gr. sariyog`, 5 gr. sirkada so`ndirilgan iste`mol sodasi, 1 dona tuxum, tuz; ichiga solishga: 300 gr. mol go`shti qiymasi, 2 ta kartoshka, 1 bosh piyoz, 50 gr. sariyog`, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan sariyog`ni to`rburchak shaklda to`g`rab, un bilan aralashtiring.

2. Qatiqqa iste`mol sodasini solib, unli aralashamaga qo`shing. Yumshoqqina xamir qorib, yarim soatga muzlatkichga qo`ying.

3. Piyoz va kartoshkani to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Go`sht qiymasiga solib, tuz, murch sepib, aralashtiring.

4. Xamirdan zuvalachalar yasab, qo`lingiz bilan aylana shaklda qalinroq qilib yoying. O`rtasiga qiymadan solib, chetlarini ko`tarib chiqing. Qiymaning ustiga bir bo`lakdan sariyog` qo`ying va ichiga 1 choy qoshiqdan suv quying. Atrofiga tuxum sarig`idan surtishni unutmang.

5. Yog`langan qolipga pishiriqlarni terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-50 daqiqaga qo`ying.

2 soat

5 kishilik

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar