- Soch bo`yog`i tegishi natijasida kiyimda dog` hosil bo`lsa, uni benzin bilan artib ketkazish mumkin.
- Unchalik kir bo`lmagan zamshdan tikilgan bosh kiyimlarni mayda tuz bilan tozalash mumkin.
- Shlyapa va shapka astarini novshadil spirti yordamida tozalash kerak (1 osh qoshiq novshadil spirtiga 10 osh qoshiq suv solinadi).
- Yomg`irda ho`l bo`lgan shlyapaning ichini yumshoq qog`oz bilan to`ldiring yoki uni o`lchamiga mos banka yoki kastryulkaga kiydirib qo`ying.
- Osilib turishi natijasida o`z ko`rinishini yo`qotgan fetr shlyapalarni to`g`rilash mumkin. Buning uchun nam mato ustidan o`rta meyorda qizigan dazmol yurgazing. Biroq, mato butunlay qurib qolmasin.
- Nam soyabonni yig`iq holda qoldirmang. Aks holda u suv o`tkazadigan bo`lib qoladi. Soyabon matosi cho`zilib ketmasligi uchun yomg`irdan so`ng uni yarim ochiq holatda quriting.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






