1. Choynakning tagida tuz yig`ilmasligi uchun uni suv bilan to`ldirib, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi soling-da, qaynating. So`ngra qaynoq suv bilan chaying.
2. Go`sht chiqargandan keyin yuvish oson bo`lishi uchun kartoshka yoki bir bo`lak nonni go`shtqiymalagichdan o`tkazing.
3. Grafindagi oq dog`larni ketkazmoqchimisiz? Unda issiq suv solib, 1 choy qoshiq sirka qo`shing. Yaxshilab chayqab tashlang-da, sovuq suv bilan yuving.
4. Chinni idishlarni qaynoq suvda yuvmang. Bo`lmasa idishlarning siri ko`chib, sarg`ayib qolishi mumkin.
5. Shisha idishlarni issiq suv bilan yuvish lozim.
6. Yog`och qoshiqlarni kir yuvish kukuni bilan isiq suvda yuving. So`ngra sovuq suv bilan chaying.
7. Kumush qoshiq, sanchqi yoki kumush suvi yuritilgan idishlarni limon sharbati bilan tozalash kerak. Yoki limon bo`lagi bilan artib, so`ngra iliq suvda chayish mumkin. Agar qora dog`lar bo`lsa, tish yuvish pastasi yordamida tozalash orqali ulardan xalos bo`lasiz.
8. Sirli idishlarga tuzli sovuq suv solib qo`ying. Yarim soatlardan so`ng suvni to`kib tashlab, toza suv bilan chaying. Shunda ovqat «iz»idan asar ham qolmaydi.






