AsosiySUG'DIYONA

​DOG`LARNI KETKAZAMIZ!

'​DOG`LARNI KETKAZAMIZ!'ning rasmi
  • Libosdagi lab bo`yog`ini ketkazish uchun sochiqchani spirt bilan namlab, dog` ustiga bosing. Yoki tish yuvish pastasidan surtib, so`ngra yuving. Toki dog` ketkuncha buni takrorlang. Soch uchun mo`ljallangan lak ham sizga yordam beradi. Uni dog` ustiga sepsangiz, bilinar-bilmas qatlam paydo bo`lgach, artib tashlasangiz, kifoya.
  • Kiyimdagi yog` dog`laridan xalos bo`lish uchun avval yog` to`kilgan joyiga talk seping. Yarim soatdan so`ng esa kir yuvish kukuni bilan yuvishingiz mumkin. Idishlarni yuvishga mo`ljallangan vositani yog`li dog` ustiga surtib, yarim soatdan so`ng yuvsangiz ham, foyda beradi. Yana bir oddiy usuli, shakar va suvni arlashtirib surtish.
  • Paxtali matodan tikilgan kiyimga tekkan siyohni spirt bilan tozalash mumkin. Boshqa matolardagi siyoh tekkan joyga soch uchun mo`ljallangan lakni seping-da, qurigach, quruq mato bilan artish kerak.
  • Dezodorantning «iz»ini esa sirka yordamida yo`qotamiz. Buning uchun 1 litr sovuq suvga 2 osh qoshiq sirka solib, kiyimni yarim soatga ivitib qo`ying. So`ngra doimgidek yuving.

Soch bo`yog`idan qolgan «asorat»ni esa «gubka» bilan artib, ketkazish lozim. Issiq suvga bir necha tomchi gliserin tomizing-da, «gubka»ni botirib olib, arting. Buni toki dog` ketkuncha takrorlab, so`ngra chayib oling. Yoki paxtli tamponni vodorod peroksidi bilan namlab, dog` ustiga 20 daqiqa bosib qo`ying. Agar bo`yoq dog`i kiyimga tegishi bilan uni xo`jalik sovuni bilan yuvsangiz, muammoni tez va oson bartaraf etgan bo`lasiz.

Kiyimingizga to`kilib ketgan sharbat dog`ini o`chirmoqchimiz? Limon suviga tuz solib, dog` ustiga yarim soatga surtib qo`ying. So`ngra yuving.

Libosingizga qon tekkan zahoti sovuq suv bilan yuving, yuvib bo`lmaydigan matolarni esa muz bo`lagi bilan artish natija beradi. Agar qon qotib qolgan bo`lsa, 3 foizlik vodorod peroksidi bilan tozalash mumkin.

    Boshqa yangiliklar