Ahamiyat bergani bo`lsangiz, muzlatgichning yuqori qavatlarida havo harorati pastroq bo`ladi. Pastdagisidan tahminan 6 gradus farq qilishi mumkin. Shu bois tez aynib qoladigan mahsulotlarni muzlatgichning yuqori bo`limlarida saqlash lozim.
- Eng yuqori qavatida: pishloq, tayyor eguliklar, qovurma taomlar va dudlangan mahsulotlar.
- O`rta qavatida: sut-qatiq mahsulotlari, smetana, yogurt, qaymoq, tvorog kabi.
- Pastki qavatida: marinadlar, konserva mahsulotlari hamda baliq.
- Sabzavotlar uchun bo`linma: barcha turdagi sabzavot va mevalarni saqlash mumkin. Faqat sirus mevalaridan tashqari.
- Go`sht saqlash uchun bo`linma: ovqat tayyorlashda ishlatiladigan go`sht, qiyma va parranda filesini joylaysiz.
- Eshigida: tuxum, sariyog`, salat uchun souslar, mayonez, jem va ichimliklar. Eshikning yuqori qismida (agar alohida kichik savatchalari bo`lsa, shu erga soling) kosmetik kremlar, suyuq dori vositalarini qo`ying.
- Yaxxona: muzlatilgan mahsulotlar, go`sht, muzqaymoq va muz bo`laklari tayyorlashda foydalaniladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan muzlatgichlarda harorat darajasini sozlash tizimi yo`lga qo`yilgan bo`lib, «aqlli» qurilma mahsulotlar hajmi, miqdori va saqlanish holatiga ko`ra, o`ziga kerakli havo namligini to`g`irlab oladi. Agar bir necha kunga safarga yoki dam olishga ketsangiz, muzlatgichning tizimli boshqaruv ekranida havo darajasini mo``tadil saqlash dasturini ishga tushirishni unutmang.






