AsosiySUG'DIYONA

​NAVBAT GILAM VA MEBELLARGA!

'​NAVBAT GILAM VA MEBELLARGA!'ning rasmi

Gilamdagi qahva, kakao va choydan qolgan «iz»larni gliserin solingan sovuq suv (1 l. suvga 1 osh qoshiq) bilan yuvish mumkin. Agar meva sharbati to`kilgan bo`lsa, sovuq suvga nashatir spirti (1 l. suvga 1 osh qoshiq) solib ishlating. Maxsus gilam tozalovchi cho`tka bilan artib, so`ngra ko`pikli va toza suv bilan yuvishni unutmang.

Gilamga avval mayda osh tuzi, so`ngra issiq suv sepib, changyutgich bilan tozalasangiz, gilamingiz ancha yarqirab qoladi. Yana bir taklif: makkajo`xri kraxmali sepib, changyutgich bilan tozalash.

Yog`ochdan ishlangan mebellarni o`simlik yog`i bilan tozalash mumkin. Buning uchun paxtali tamponga bir necha tomchi o`simlik yog`i tomizib arting.

Yumshoq mebellarga qarshi changyutgichni ishga soldingizmi? Unda changyutgich uchiga tuzli suvga botirilgan doka (1 l. suvga 1 osh qoshiq, 5-7 daqiqa iqitib qo`ying)ni bog`lab, ishlating. Shunda changlardan xalos bo`lasiz, rangi ham tiniqlashadi mebelning.

Velyur va baxmal matoli mebellarni esa changyutgich bilan bemalol tozalash mumkin. Yoki sochiqni sirka va tuzli suv bilan (1 l. suvga 2 osh qoshiqdan sirka va tuz) namlab, yaxshilab arting.

Charm mato qoplangan mebellarni esa maxsus tozalash vositasi sochiqchasi bilan artish mumkin. Yoki changini artib, ko`pirtirilgan tuxum oqiga namlangan mtao bilan tozalang. So`ngra nam mato bilan artib olishni unutmang.

Oshxona stolidagi yog`li dog`larni ketkazish uchun 1 stakan issiq suvga 3 osh qoshiq iste`mol sodasi solib, matoni namlab oling-da, dog` ustini ishqalang. So`ngra toza suv bilan yuvish lozim.

Gilam yoki yumshoq mebelga saqich yopishgan bo`lsa, muz bo`lakchasi asqotadi. Muz bo`lakchasini saqich ustiga bosib tursangiz, oson va mebelingizga zararsiz ko`chadi.

    Boshqa yangiliklar