AsosiySUG'DIYONA

VANNANI TOZALAShGA KIRIShAMIZ

'VANNANI TOZALAShGA KIRIShAMIZ'ning rasmi


Bo`r eritilgan suv bilan kafellarni tozalang. So`ngra quruq mato bilan ustidan arting.

Koshinli devor yoki pollarni nashatir spirtli aralashma (1 l. suvga 2-3 osh qoshiq nashatir spirti)ga bir necha tomchi idish yuvish vositasidan qo`shib tozalang. So`ngra yumshoq mato bilan artib chiqing.

Agar kafelda yog` dog`i bo`lsa, o`sha joyni sirka bilan namlangan matoda artib, darrov sovuq suv bilan yuving.

Sirlangan (emalli) vanna zanglagan bo`lsa, iste`mol sodasi sepib, 10 daqiqadan so`ng yuving. Yoki tuzni sirka bilan aralshtirib, sepib qo`yish ham foydali.

Emal bilan qoplangan vannalardagi sariq dog`larni ketkazish uchun esa mana bu usuldan foydalaning: 1 dona limonning suvini siqib chiqarib, seping. 10 daqiqa o`tgach, yuving.

Agar vanna akril bilan qoplangan bo`lsa, vannani issiq suv bilan to`ldirib, 1 stakan sirka va 1 o`ram 7 foizlik limon kislotasi soling. 10 soatlardan so`ng suvni oqizib yuborib, yaxshilab yuving.

Rakovinalarni esa limon bo`lagi bilan tozalash kerak. Yoki iste`mol sodasini suv bilan aralashtirib (tish yuvish pastasi quyuqligida), «gubka»ni botirib arting.

Dushni tozalash uchun sellofan paketga sirka sepib, sup purkagich qismiga bog`lab qo`ying. 15 daqiqadan so`ng suvni oqizib, yuvishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar