- Xonadoningizda suvaraklar paydo bo`lmasligi uchun avvalo ozodalikka qat`iy rioya eting.
- Oshxonada ovqat qoldiklari, likopchalarda shirinliklar qolib ketmasligi kerak. Chiqindi solinadigan chelak va uning atrofini dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida tozalab turing.
- Bir dona qaynatilgan tuxum sarig`ini sanchqida ezg`ilab, 20-40 gramm borat kislotasini qo`shing. Aralashmaga ozroq qaynatilgan suv soling. So`ng hosil bo`lgan massadan dumaloq sharchalar yasang. Sharchalarni chiqindi solinadigan chelak, oshxona jovonlari atrofiga joylashtirib chiqing.
- Ikki haftada bir marta xlorli suv eritmasida oshxona poli, plintuslarini artib turing.
- Suvaraklarga qarshi maxsus kukun, bo`r, gel yoki spreylardan ham foydalanishingiz mumkin. Biroq bu ishni uyda hech kim bo`lmaganida, bolalardan holi bajarish lozim.
27.11.2017 13:05
OShXONADAN SUVARAKLARNI HAYDAYMIZ!






