1

700 DAN ORTIQ YoSh FERMERNI BIRLAShTIRGAN FORUM

Iqtisodiyot 27.11.2017, 23:05
700 DAN ORTIQ YoSh FERMERNI BIRLAShTIRGAN FORUM

Ayni paytda mamlakatimizda 160 mingdan ortiq fermer xo`jaligi faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, shundan qariyb 5 ming 900 tasini, ya`ni 3,6 foizini yosh fermerlar tashkil etadi, deb ezadi O`zAA.

«Ona er yoshlar qo`lida» shiori ostida O`zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumida yangi ishlab chiqilayotgan “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi nizom keng muhokama qilinib, yosh fermerlar tomonidan ham bu hujjatga qator takliflar berildi.

Anjuman doirasida Xalq banki va “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda naslli chorvachilik hamda baliqchilikni rivojlantirish uchun 900 million so`mlik imtiyozli kreditlar olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1