AsosiySUG'DIYONA

UQALASh USULI

'UQALASh USULI'ning rasmi

Tug`ruqning birinchi davrida shifokorlar ko`zi yoriyotgan ayolda og`riqni kamaytirish maqsadida tana a`zolarini uqalashni maslahat berishadi. Uqalash vaqtida organizm endorfin — rohatlanish gormonini ishlab chiqaradi va u ham tug`ruqqa yordam beradi. Uqalash uchun shifokor bilan oldindan maslahatlashgan holda yog` tayyorlab qo`yish kerak.

  • Uqalashni kurakdan boshlash kerak, bu bir maromda nafas olishga yordam beradi. Tug`ruq davomida yordamchi bo`ladigan kishi uqalashni aylana harakatlar bilan qattiq bosmagan holda amalga oshirishi lozim.
  • Tug`ruq boshida kurakdan boshlab bo`ksagacha tepadan pastga єarata kaftni ochiq ushlagan holda uqalash kerak. To`lg`oq kuchaygani sari yordamchi belni kaftning suyaklari bilan uqalashi tavsiya etiladi. Shuningdek, dumbaning tagidagi chuqurchani bosh barmoq bilan aylana haraktalarda massaj єilish ham yaxshi samara beradi.
  • Eng asosiysi esa qorin pastki qismini uqalashdir. Faqat bachadon muskullari qisqarib turadigan davrning boshidan, ya`ni to`lg`oq boshlanishi bilan qorinning pastki qismini uqalashni boshlash kerak.
  • Ikkala qo`l kaftini «qov birlashmasi» deb ataladigan suyak ustiga keltirib, qoringa qo`ying. Nafas olganda qorin terisini barmoqlarning yumshoq uchlari bilan ikki yonga va yuqoriga qarab uqalang. Nafas chiqarilganda qorin pastki qismining terisini kindikdan pastga, ya`ni qov birlashmasi ustini uqalang.
  • Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar