AsosiySavol-javob

«IShDAN JAVOB SO`RAGANDIM...»

'«IShDAN JAVOB SO`RAGANDIM...»'ning rasmi

Nabiramning tobi bo`lavermagani bois ishdan tez-tez ruxsat olishimga to`g`ri keldi. Ish kunida hadeb javob beravermaymiz deyishgach, vaqtinchalik mehnat shartnomasini bekor qilishga majbur bo`ldim. Nabiram sog`aygach avvalgi ish joyimga qaytsam, meni ettinchi razryaddan beshinchisiga tushirib yuborishibdi. Bunga ish vaqti ruxsat so`raganlarimni sabab qilishayapti. Aslida shunday qilinishi to`g`rimi?

Nilufar Rajabova, Toshkent viloyati

Xodimning nechanchi razryadga ega ekanligi uning mehnat daftarchasida qayd etiladi. Agar xodim o`z razryadidan pastroq razryad bilan ishga olinishiga rozi bo`lgan holatlarda, ish beruvchi bilan o`zaro mehnat shartnomasi tuziladi. Siz o`zingizga belgilangan razryaddan pastrog`ida ishlashga norozi bo`lsangiz, bu haqida korxona rahbariyatiga, bordi-yu rahrabiyat bilan kelisha olmasangiz, korxona joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar