Zarur masalliqlar: 240 gr. un, 100 gr. shakar, 50 grammdan sariyog` va asal, 1 dona tuxum sarig`i, 3 osh qoshiq kakao, 2 osh qoshiq qorag`at murabbosi, yarim choy qoshiq iste`mol sodasi, qand upasi.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog`, shakar va asalni suv bug`iga tutib aralashtiring. Shakar erigach, kakaoni qo`shing. So`ngra olovdan olib, unning yarmini iste`mol sodasi bilan soling.
2. Tuxum sarig`ini kakaoli aralashmaga soling. Qolgan unni ham qo`shib, yumshoq xamir tayyorlang.
3. Xamirni yoyib, yog`langan patnis ustiga qo`ying. Katta yurak shaklini kesib olib, o`rtasiga qorag`at murabbosini soling-da, qolgan xamirdan ham yurak shaklini yasab, shirinlikning ustini yoping. So`ngra 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. Pishgach yuziga qand upasi sepasiz.
4 kishilik
1soatu 20 daqiqa
Manba: “SUG‘DIYONA”






