1

O`zbekistonda 2014 yilda avtomobil narxi ko`tarilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat 05.03.2014, 16:03
O`zbekistonda 2014 yilda avtomobil narxi ko`tarilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Hafta boshida mahalliy OAVlarda O`zbekiston ichki bozorida GM Uzbekistan o`zbek-amerika qo`shma korxonasi avtomobillari narxi 7 dan 12 foizgacha qimmatlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

OAVlarning yozishicha, avtomobillar narxi oshishi haqida “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig`i Temur Yunusov ma`lum qilgan.

Bugun “O`zavtosanoat” matbuot kotibi Jasur Akromov esa ichki bozorda avtomobillar narxi ko`tarilishi haqidagi xabarni inkor etdi. Kompaniya vakilining 12news.uz saytiga bergan ma`lumotiga ko`ra, ushbu ma`lumotlar xaqiqatga mutlaqo zid.

GM Uzbekistan avtomobillari narxi ichki bozorda so`nggi bor 2013 yilning iyulida qimmatlashgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1