Ko`pchiligimiz pardoz qilishda ko`z rangiga alohida e`tibor qaratib, unga mos tarzda bo`yanish kerakligini unutib qo`yamiz. Holbuki bu e`tibor bizni yanada jozibali va maftunkor qilib ko`rsatadi. Sahifamizda qaysi rangdagi ko`zni qanday bo`yash qoidalarini keltiramiz.
Moviy ko`zlar
Bu tusdagi ko`zlarni bo`yashda quyidagi ranglardan foydalanish mumkin: jigarrang, pushti, kulrang, olxo`ri rang, kumush rang.
Jigarrang, pushti rang, kulrang, olxo`ri ranglar ko`z rangini yanada yorqinroq qilib ko`rsatadi.
Ularga mos tushmaydigan ranglar: ko`k va yashil ranglardagi ten surish tavsiya etilmaydi.
Kulrang...
Bu tusdagi ko`zlarga barcha ranglar mos keladi. Hatto kulrang ten surtish ham mumkin. Faqat bunda ten rangi ko`znikidan biroz to`qroq bo`lishi lozim. Darvoqe, kulrang ko`zlar pardozida och ranglardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Yashil...
Tavsiya qilinadigan ranglar: sariq rangi. Zaytun rang esa yashil tusli ko`zlarni yanada jozibali qilib ko`rsatadi. Bu rang kunduzgi makiyaj uchun ayni muddao.
Yashil-kulrang ko`zlar sohibalari och kulrangdan to`q jigar ranggacha bo`lgan tenlardan foydalanishlari mumkin. Bunda yashil rang tavsiya etilmaydi.
Bunday rangli ko`zlarga to`q siyohrang, to`º ko`k va qizil aralash mis rang juda yarashadi.
Qora va jigarrang ko`zlar
Ko`zlaringiz tusiga ko`ra shu toifaga mansub bo`lsangiz, pardozda ushbu ranglarni qo`llashingiz mumkin: och binafsharang, zaytun rang, olov rang aralash jigarrang.
Jigarrang ko`zlarga to`q jigarrangdan qaymoqranggacha, to`q kulrangdan binafsha-kulranggacha surtish mumkin. Bunday ko`zlarni pushti, ko`k va qaymoqranglar yanada yorqinlashtiradi.
Manba: “SUG‘DIYONA”