AsosiySUG'DIYONA
4916

ERIM «MENING TINChIMNI BUZMA!» DEYDI

'ERIM «MENING TINChIMNI BUZMA!» DEYDI'ning rasmi

Erkaklarda ajoyib tushuncha bor: uy, bu — hordiq maskani. Ayollarda esa bu tushunchaning mutlaqo aksi: uy, bu — doimiy kurashiladigan, dam olish kunini bilmaydigan ishxona. Aynan shu tushunchaning ikki qutbliligi erkak va ayolning uy-joy yuritish borasida tortishishi, bir-biriga taqiq qo`yishiga sabab bo`ladi. «Uyga kelganimda tinchimni buzma», deydi erlar xotiniga. Xotinlar esa kun bo`yi uydagi muammolarni erim hal qilib berar deb, uning ishdan kelishini intiqib kutadi...

Yondashuv: «Yana oshxonadagi issiq suvning jo`mragi buzilib, orqaga aylanib ketayapti, tuzating yoki tuzatadigan odam olib keling», degan gap ta`sir qilmadimi, boshqacha yo`ldan foydalaning. «Issiq suvdan qarzimiz ko`payib ketibdi, kelib, hisoblagichdan yozib ketishdi. 1 haftadan beri tomib yotgan suv ham yuzlab litr bo`ldi shekilli», «dadangiz shlangkani kesib, tuzatardilar, erkaklar yaxshi tushunadi, siz ham urinib ko`ring», «o`zim santexnik chaqirardim, uyda yolg`izman, bolalar ham maktabda, uyalaman. Xotin boshim bilan uyga begona odamni chaqirmay»...

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar