1

Shifo maslahat: XALQ TABOBATIDA DAVO USULLARI

Salomatlik 29.11.2017, 17:12
Shifo maslahat: XALQ TABOBATIDA DAVO USULLARI

Immunitetni uchun

Immunitetni ko`tarish uchun kungaboqarning quritilgan sariq gul yaproqlaridan 2 osh qoshig`i ustiga yarim litr qaynoq suv quying. Bir soat tindiring va suzib oling. Kun davomida xuddi choy kabi ichib yuring.

Ko`z kasalliklarida

Ko`z yallig`langanda 1 osh qoshiq shivit ko`kati ustiga bir stakan qaynoq suv quying. Bir soat tindiring, so`ng suzib oling. Damlama (iliq holda) shimdirilgan paxta ko`zga qo`yilsa, shifo bo`ladi.

Quloq shang`illasa..

Agar qaynatib sovutilgan suvga olma sirkasi va tabiiy asal qo`shib, har kuni 3 mahal ovqatlanish vaqtida ichib yursangiz, quloqlarda paydo bo`lgan shovqinlar pasayadi.

Tayyorlash usuli: 1 stakan qaynatilgan va sovitilgan suvga 2 choy qoshiq sirka bilan 1 choy qoshiq asal qo`shiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1