2017 yilning 26 noyabr kuni soat 05.10da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi “Olmazor” metrosi qarshisida “Cobalt” rusumli avtoulovi boshqaruvini yo`qotib yo`l chetida turgan daraxtga urilganligi to`g`risida xabar kelib tushadi.
Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, “Cobalt” rusumli avtoulov salonida qisilib qolgan fuqarolar R.M. va M.M.ni zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi va tibbiyot xodimlariga topshirishdi.
30.11.2017 17:12
“COBALT”INI DARAXTGA URGAN HAYDOVChI SALONDAN ChIQARIB OLINDI






