1

“ELKAM DARZ KETGAN EKAN, KECh BILDIM...”

Salomatlik 30.11.2017, 17:17
“ELKAM DARZ KETGAN EKAN, KECh BILDIM...”

Karate sport turi bilan shug`ullanaman. Bundan ikki hafta avval elkamda darz ketish alomati mavjudligidan xabar topdim. Tekshiruvlar jarohat bundan ikki yillar avval sodir bo`lgani va shu paytgacha yashirin tarzda kechganini ko`rsatdi. Hozir har zamon qo`lim uvishib qoladi. Bu holatning sport mashqlariga ta`siri bo`lmaydimi? Elkadagi jarohatni qanday davolash mumkin endi?

Bobur Davlatov, Buxoro viloyati

Sunatilla YO`LChIEV, sport shifokori:

— Organizmdagi har bir og`riq ogohlantirish belgisi aslida. Bezovtalikni sezdingizmi, uni paydo qilayotgan omilni aniqlab, tezda bartaraf etish chorasini boshlash zarur. Sizning vaziyatingizda elka bo`g`im MTR tekshiruvi o`tkazilgan bo`lishi kerak. Tahlil xulosalari elka kuraklararo periartrit yoki Impedjment sindromi kabi jarohat asoratlarini ko`rsatgan bo`lsa, shunga muvofiq davolanishni boshlashingiz lozim.

Ayni dam asosiy e`tiborni muolajalarga qarating. So`ng qayta MRT tekshiruvidan o`tib, sport mashg`ulotlarini davom ettiravering. To`liq sog`aymaguningizcha sport bilan shug`ullanish tavsiya etilmaydi. Yo`qsa, jarohat yanada kuchliroq asorat berishi hech gap emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1