1

“GORMONAL O`ZGARIShLAR QANChA DAVOM ETADI?”

Salomatlik 30.11.2017, 17:59
“GORMONAL O`ZGARIShLAR QANChA DAVOM ETADI?”

— Singlimda o`smirlik chog`laridanoq husnbuzar toshishiga moyilligi bo`lgan. Balog`at davriga xos o`zgarishlar, deya u qadar ahamiyat bermagan ekanmiz. Biroq turmushga chiqqanidan so`ng yuziga toshma toshishi avvalgidan ham ko`paydi. Tibbiy tahlillarni topshirganida muammo sababi gormonlarda ekani ma`lum bo`ldi. Hozir davolanayapti, ammo muolaja qachongacha davom etadi? Dorilarni ichmay qo`ysa, husnbuzar toshishi yana qaytalanadimi?

Gulxumor Zufarova, Samarqand viloyati

Dilfuza ORTIQOVA, oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Avvalo husnbuzar toshishiga sabab bo`layotgan omilni aniqlash lozim. Agar bu siz aytgandek gormonlarga bog`liq bo`lsa, maxsus sinalma o`tkazilgan bo`lishi lozim. Odatda ayol organizmida erkaklik gormoni – testosteronning ortishi yuz va tana qismlariga husnbuzar toshishini keltirib chiqaradi. Tibbiy tahlillar testosteronning aynan ichki a`zolarning qay birida ko`proq ishlab chiqarilayotganini ko`rsatadi. O`zgarishlar sababi tuxumdon, buyrak usti bezi xastaliklari bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Albatta, bir kurs muolaja bilan toshma toshishi bartaraf etilmaydi. Organizm xususiyatidan kelib chiqib, muolaja turi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. Davolash choralari tugatilgach, qaytadan gormonlar tahlili o`tkazilishi kerak. Shundagina muammoning qaytalanmasligiga erishiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1