1

​«QOG`ANOQ SUVI NEGA KO`PAYaDI?»

Salomatlik 30.11.2017, 20:56
​«QOG`ANOQ SUVI NEGA KO`PAYaDI?»


Homiladorlik davrida qog`onoq suvi ko`payishi va oz mikdorda xiralashishi kuzatilsa, nimalar qilish kerak? Surunkali polinefritim ham bor. Xomilaga ta`siri bo`lmaydimi?

Gulshoda

–Qog`anoq suvining ko`pligi homila pufagi (amnion)ning suvini so`rdirish xususiyati buzilganida ro`y beradi. Bunga jinsiy a`zolardagi yallig`lanishlar, siydik-tanosil a`zolariga infeksiya tushishi, ba`zi ichki a`zo kasalliklari, bola va ona qonining bir-biriga to`g`ri kelmasligi kabi ko`plab omillar sababchidir. Sizning holatingizda pielonefritning ham ta`siri bo`lishi mumkin. Ya`ni, siydik yo`llariga tushgan infeksiya qog`anoq suvining ko`payib, xiralashuviga olib kelgan. Bu holatda tezroq davo choralarini boshlash zarur. Davolashda yo`ldoshdagi qon aylanishni yaxshilaydigan, mayda qon tomirlarni kengaytiradigan, qonni suyultiradigan dori vositalari buyuriladi. Albatta, kasallikni davolashda shifokor ko`rsatmasiga ko`ra bakteriyalarga qarshi dori vositalar ham qo`llanilishi kerak.

Sharhlar

Гость 30.10.2019, 16:35
Assalomu alaykum suvi kop bo'lsa amoksiklav 1000 tabletkasini ichsa davolaydimi?
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1