1

​"QON TAHLILIDA XLAMIDIOZ ANIQLANDI..."

Salomatlik 30.11.2017, 21:00
​"QON TAHLILIDA XLAMIDIOZ ANIQLANDI..."


  • Ikki oylik homiladorman. Qon tahlilimda TORCh-infeksiyalaridan biri – xlamidioz aniqlandi. Bu homilaga ta`sir qilmaydimi?

–Ko`pincha ayollar xlamidioz belgilarini sistit yoki oqchil bilan adashtirishadi. Chunki ilk belgilar sifatida peshob ajralishidagi achishish, qindan ajralma kelishining ko`payishi kuzatiladi. Keyinroq esa hayz davri orasida ham qindan qon ketishi, jinsiy aloqadan keyin qon ajralishi mumkin. Afsuski, xlamidioz homilaning to`laqonli rivojlanishiga ta`sir qiladi. Natijada homila tushishi yoki homilaning o`smasligi, tug`ruq paytidagi muammolar, bolaning muddatidan avval yoki biron bir tug`ma nuqson bilan dunyoga kelish ehtimoli yuz beradi. Sizning holatingizda er-xotin birgalikda davolanishingiz zarur. Davolashda esa infeksiyaga qarshi maxsus vositalar hamda antibiotiklar buyuriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1