1

​«ALLERGIYaGA QARShI DORILAR ZARAR EMASMI?»

Salomatlik 30.11.2017, 21:02
​«ALLERGIYaGA QARShI DORILAR ZARAR EMASMI?»

O`n sakkiz yoshimdan beri allergiyam bor. har zamon davolanib turaman. Ayni dam 3 oylik homiladorman. Allergiya xurujlari masalasida shifokorga murojaat qilsam, antigistamin preparatlarni buyurishdi. Lekin hech qanday o`zgarish sezmadim. homilador paytimda allergiya qarshi dorilarni qabul qilishim homilaga ziyon qilmaydimi?

–Antigistamin (allergiyaga qarshi) dori vositalari ona-bola salomatligiga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi. Chunki ginekologiyada bu dori vositasini ayrim hollarda homiladorlarda toksikoz darajasini pasaytirish maqsadida ham buyuramiz. Ammo har qanday dorini ham uzoq qabul qilish o`rganish hissini paydo qilishini unutmaslik kerak. Ahvolingizni o`nglash uchun malakali allergologga uchrab, davo kursini boshlang. Tegishli proba (sinamalar) topshirilib, xurujlar sababi aniqlangach, shifokor tomonidan zarur davo choralari belgilanadi va sizning holatingizda mumkin bo`lgan dori-darmonlar buyuriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1