1

​«BOLAMNING TERISI BIChILAYaPTI...»

Salomatlik 30.11.2017, 21:05
​«BOLAMNING TERISI  BIChILAYaPTI...»


To`rt oylik chaqalog`imning chov terisi bichilib qolayapti. Uy sharoitida qanday davo choralarini qo`llash mumkin?

Sitora

–Teri bichilishi chaqaloqlarda uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Sababi esa bola tagliklarini vaqtida almashtirmaslik, shuningdek, bola taomnomasiga yangi mahsulot yoki bo`tqani kiritish ham terisiga mayda toshmalar toshishi va ularning bichilishga olib kelishi mumkin. Allergiyaga moyil go`daklarda ham teri bichilishi uchrab turadi. Onaning antibiotik qabul qilishi bu holatga olib keladi. Teri bichilishiga qarshi eng yaxshi chora – bolani terisini toza va quruq holda saqlashdir. Go`dak ostini tez-tez yuvish, toza va dazmollangan sochiqchada ehtiyotkorlik bilan quritish, bolani echintirib qo`yib, 5-10 daqiqa havo vannasi qabul qilish kerak. Bichilgan joylarni moychechak, qoraqiz o`tlaridan tayyorlangan damlamada yuvib, quritib olgach, ustidan tarkibida ruh moddasi bo`lgan surtmalar surtish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1