1

​GIJJANING DAVOSI BORMI?

Salomatlik 30.11.2017, 21:11
​GIJJANING DAVOSI BORMI?


Agar inson organizmida gijjalar aniqlangan bo`lsa, qanday dori preparatlari foyda beradi? Shu haqda ma`lumot bersangiz.

–Gijja paydo bo`lishining sabablari juda ko`p. Biri tozalikka rioya qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga beparvo bo`lish, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvmay iste`mol qilish bo`lsa, yana bir sababi noto`g`ri ovqatlanishda bo`ladi. Asosan quyuq yog`li taomlar iste`mol qilish ichaklar mikroiqlimini buzadi. Aksariyat odamlar esa xuddi shunday ovqatlanadi. Ya`ni ovqatlanishda zaruriy bo`lgan sut mahsulotlari, oqislga boy mahsulotlar, vitaminlarni doimiy iste`mol qilishmaydi. Natijada oshqozon-ichak tizimida har xil o`zgarishlar sodir bo`ladi, ichaklar yaxshi ishlamaydi, o`t qopida muammolar paydo bo`ladi, ovqat xazm bo`lmaydi. Bu esa organizmda gijjaning tez ko`payishiga qulay zamin yaratadi. Gijjalarni davolashdan oldin organizmni tozalab olish zarur. Faqat shundagina dori-darmonlar kor qiladi. Dori vositasi gijjalarning turi, bemorning yoshiga qarab, faqat shifokor tomonidan belgilanadi. Davolanish paytida gijjalar tuxum qo`yish uchun orqa teshik ortiga chiqadi. Bu asosan tunda sodir bo`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1