Dam olish kunlari yurtimizda qor yog`adi

Jamiyat 07.03.2014, 12:21
Dam olish kunlari yurtimizda qor yog`adi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga qarashli gidrometeorologiya xizmati markazidan xabar qilinishicha, yurtimizda 8 mart kuni havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kechga tomon qorga aylanishi mumkin.

Shamol g`arbdan sekundiga 7-12 m tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida harorat kechasi 3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

9 mart - kuni esa havo harorati kunduzi 3-5 daraja iliq, kechasi 0-2 daraja sovuq bo`ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor yog`adi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1