AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA IShLAB ChIQARILGAN MAHSULOTLAR MOZORI-ShARIFDA NAMOYISh ETILDI

'O`ZBEKISTONDA IShLAB ChIQARILGAN MAHSULOTLAR MOZORI-ShARIFDA NAMOYISh ETILDI'ning rasmi

Afg`onistonning Mozori-Sharif shahrida «O`ztreyd» shourumi tantanali tarzda ochildi, deb yozadi «Gazeta.uz». U erda O`zbekiston korxonalarining keng turdagi mahsulotlarini sotib olish mumkin.

«O`ztreyd Mozori Sharif» savdo uyi bazasida ishlaydigan shourumda oziq-ovqat mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, elektr texnikasi mahsulotlari, to`qimachilik buyumlari, gilamlar va boshqa mahsulotlar taqdim etilgan.

Ayni paytgacha «O`ztreyd» afg`onistonlik hamkorlar bilan 29 million dollarlik shartnomalar imzolagan. Ushbu shartnomalar bo`yicha 17,5 million dollarlik bug`doy, 16 ming dollarlik sement va 2 ming dollarlik polipropilen xaltalar etkazib berilgan.

    Boshqa yangiliklar