Qozog`istonning Olma -Ota viloyatida kir yuvish moslamasi ichiga tushib qolgan 1,5 yoshli vafot etdi. Bu haqda “Sputnik so” mamlakat ichki ishlar departamenti ma`lumotiga asoslanib xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, qizcha ma`lum muddatda yolg`iz qolgan. U stulga chiqib, ichi suvga to`ldirilgan kir yuvish mashinasi ichiga tushib ketgan va u erdan chiqa olmagan.
Polisiya xodimlari bu voqeaga tasodifiy holat deb baho berishmoqda, shunga qaramasdan, voqea joyida ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
Bundan sal avval xuddi shunday holat Magadan shahrida ham qayd etilgan.






