1

MING DARDGA DAVO BODREZAK!

Salomatlik 02.12.2017, 17:01
MING DARDGA DAVO BODREZAK!

O`rta Osiyo mamlakatlarida bodrezak faqat manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Mevasidan murabbo, kompot, jem, kisel pishiriladi, piroglarga solinadigan masalliq, mors va boshqa ichimliklar tayyorlanadi. Mevasidan olingan shiradan ovqatga ishlatiladigan mahsulotlarni bo`yash uchun foydalaniladi.

Tabobatda qo`llanilishi

Bodrezak mevasi tarkibida 32 foizgacha qandlar, organik (sirka, izovaleriana, chumoli va boshqa) kislotalar, vitamin S va vitamin R, karotin, minerallar (marganes, rux), pektin, oshlovchi va boshqa moddalar, urug`ida 20 foizgacha yog` bor.

Xalq tabobatida bodrezak mevasi me`da-o`n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Tibbiyotda asosan poya va shoxlarning po`stlog`i ishlatiladi. Po`stloq tarkibida viburnin glikozidi, vitamin S va K, karotin, triterpen saponinlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo`ladi.

Po`stlog`idan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt bachadondan qon ketishida qon oqishini to`xtatish hamda hayz ko`rganda paydo bo`ladigan og`riqni qoldirish uchun qo`llaniladi.

Bodrezak mevasi vitaminli choylar tarkibiga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1