AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA IShBILARMONLIK AVIASIYaSI TAShKIL ETILADI

'O`ZBEKISTONDA IShBILARMONLIK AVIASIYaSI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev poytaxtimizda xalqaro talablar asosida barpo etiladigan yangi aeroport loyihasi bilan tanishdi.

O`zbekiston jahonda nafaqat fuqaro aviasiyasi sohasida, balki xalqaro yuk tashish bozorida ham mustahkam o`rinni egallab bormoqda. «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan dunyoning turli mintaqalariga yuklar qulay, xavfsiz va ishonchli tarzda etkazib berilmoqda.

Mamlakatimizning bu boradagi salohiyatini yanada oshirish, xalqaro aviatashishlar bozoriga dadil chiqish, laynerlarda yuk tashish sifatini eng zamonaviy talablarga ko`tarish istiqboldagi muhim vazifalardan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan endi mamlakatimizda ishbilarmonlik aviasiyasi ham tashkil etiladi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida yangi tizim bo`lib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatishga ixtisoslashadi. Xalqaro tilda ushbu atama «biznes aviasiya» yoki «tijorat aviasiyasi» deb ataladi.

Shavkat Mirziyoev loyiha bilan tanishish chog`ida har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikasiya tizimi muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidladi. Ishbilarmonlik aviasiyasi bu borada yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratadi. Loyiha o`zbekistonlik va xorijlik ishbilarmon doiralar vakillariga mahsulotlarini tashqi bozorga etkazib berish, biznes-sheriklar topishda katta o`rin tutadi.

Prezidentimiz yangi aeroportda xorijlik delegasiyalarga yuksak darajada xizmat ko`rsatish, bu erda ko`plab infratuzilma ob`ektlari, mehmonxona, biznes markazlari tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar