AsosiySUG'DIYONA
3610

O`ZINGIZDA BUYRAK KASALLIKLARIGA MOYILLIK SEZSANGIZ

'O`ZINGIZDA BUYRAK KASALLIKLARIGA MOYILLIK SEZSANGIZ 'ning rasmi

Tibetlik tabiblarning fikriga ko`ra, sut va shakarli mahsulotlar buyrak kasalliklarini keltirib chiqararkan. Shuning uchun, o`zingizda buyrak kasalliklariga moyillik sezsangiz, bunday mahsulotlarni iste`mol qilishni cheklashingiz zarur. Ko`proq dengiz mahsulotlari: dengiz tuzi, baliq, dengiz karami tanovul qilish maqsadga muvofiq.

Sovuq kunlarda albatta belni issiq tutish bilan birgalikda, oyoqlaringiz sovuqqotganda ularni issiq tuzga bosish foydali. Buning uchun 1-2 kg. tuzni tovada isitib olib (teri kuymaydigan haroratda) biror-bir matoga uni to`kib, oyoqlaringizni bu tuzga qo`yib o`tiring. Shuningdek, tuz o`rniga issiq tosh ham ishlatish mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar