1

Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari kelishilgan o`yinda ishtirok etsa, jazolanadi

Sport 11.03.2014, 15:24
Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari kelishilgan o`yinda ishtirok etsa, jazolanadi

11 mart,  seshanba kuni O`FF anjumanlar zalida O`FF Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda 15 mart kuni start oladidan O`zbekiston Chempionati o`yinlariga tayinlangan hakam va nazoratchilarga yangi mavsum oldidan so`nggi ko`rsatmalar berildi hamda 2014 yilgi mavsum reglamenti taqdib etildi.

Yig`ilishni O`FF prezidenti Mirabror Usmonov yig`ilishni kirish so`zi bilan ochib berdi va yangi mavsum oldidan hakam va nazoratchilarga omad tiladi. «Yangi mavsum oldidan barcha hakam va nazoratchilarga omad tilayman. Kelayotgan mavsumni yuqori saviyada o`tkazish uchun bor mahorat va iste`dodingizni ishga solasiz deb umid qilaman», - deydi Mirabror Usmonov.

«Hukumatimiz sportga, ayniqsa futbolga katta e`tibor qaratmoqda. Buning samarasi o`laroq infratuzilmamiz rivojlanmoqda. Olmaliqda barpo etilgan yangi stadion, yana bir qator viloyatlarimizda yangi stadion va bazalar qurilayotgani shuning samarasidir», - deya o`z so`zini davom ettirdi O`FF prezidenti.

«Hakam va nazoratchilarning malakasini oshirish uchun moddiy-ma`naviy bazamiz etarli. Hakam va nazoratchilar doimgidek, har mavsum oldidan o`zlari imtihonlardan o`tishdi. Ular orasidan eng yaxshilari saralab olindi. Chempionatimizning yuqori saviyada o`tishida hakam va nazoratchilarimizning xissasi juda katta. Shuning uchun sizlarga yangi mavsum arafasida yana bir bor omad tilayman», - deydi Usmonov.

O`FF hakam va nazoratchilar boshqarmasi boshlig`i Noil Lutfullin hakam va nazoratchilar oldiga qo`yilgan talablar bu mavsumdan yanada oshganligini yig`ilish davomida ta`kidlab o`tdi. Shuningdek, o`tgan yilgi mavsumda yo`l qo`yilgan xatolar bu yil takrorlanmasligi uchun hakamlar va nazoratchilar qat`iyroq va o`z ishlariga e`tiborliroq bo`lishlari lozimligi aytildi.

«Barcha xato qiladi. Ammo, bir qilingan xato qayta takrorlanmasligi kerak. Kamchilik va xatolar ustida ishlash kerak», - deydi Lutfullin.O`FF hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig`i, shuningdek kelishilgan o`yinlar va totalizatorlarga qarshi qattiq kurash boshlanganini va bunday o`yinlarda ishtirok etganlar ayovsiz jazolanishini alohida qayd etib o`tdi.

Yig`ilish davomida shuningdek O`zPFL bosh direktori Farhod Magometov O`zbekiston Birinchiligi o`yinlari saviyasini ko`tarish uchun amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar haqida gapirib o`tdi. Unga ko`ra, Birinchi Liga o`yinlarini tashkil etish va o`tkazish tizimiga bir qator o`zgartirishlar kiritilgani ta`kidlandi. Qolaversa, Birinchi Liga o`yinlarini boshqarib borayotgan hakam va nazoratchilar o`z vazifalarini vijdonan va sidqidildan ado etishlari kerakligi alohida talab qilindi.

Yig`ilish so`ngida hakam va nazoratchilarga yangi mavsum reglamenti va boshqa hujjatlar taqdim etildi.

Manba: www.pfl.uz    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1