1

“NAHOT BULIMIYaGA ChALINDIM?..”

Salomatlik 06.12.2017, 15:30
“NAHOT BULIMIYaGA ChALINDIM?..”

— Muammolar sabab asabiy bo`lib qolganman. Achchig`im kelganida o`zimni nazorat qilolmayman, ko`p ovqat eb yuboraman. Keyin qilgan ishimdan pushaymon bo`lib, hazmni tezlashtiruvchi preparatlar ichaman. Yaqinda hamkasblarimdan biri so`nggi paytlarda o`zgarib qolganimni aytib, ko`p tanovul qilayotganim, ammo shunga yarasha to`lishmayotganimni aytib, ichimga g`ulg`ula solib qo`ydi “bulimiyaga chalinmadingizmi”, deya. Nahot xastalangan bo`lsam?!

N.Azizova, Samarqand viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor:

— Asabiylik asoratida kelib chiquvchi bulimiya xastalikning eng keng tarqalgan turidir. Bunda bemor ishtahani nazorat qilishga qiynaladi, ochlik hissi muntazam ta`qib qilayotgandek tuyuladi. Haddan tashqari ko`p tanovul qilinganidan so`ng bemor hazm tezlashtiruvchi, huqna orqali ich keltirish yoki sun`iy qayt qilish usullariga murojaat qilib, ichaklarni tozalaga kirishadi. Hozirda bulimiyani davolashda bir qancha psixologik usullar tadbiq qilinmoqda. Shu bilan birga, me`da faoliyatini tiklash, ichaklar bilan bog`liq o`zgarishlarni bartaraf etishda ham davolash choralari bor. Sizga maslahatim, shifokor ko`rigidan o`ting hamda ovqatlanish tartibini qat`iy ravishda ko`rib chiqing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1