AsosiySUG'DIYONA
9091

«SMVNING HOMILAGA TA`SIRI QANDAY?»

'«SMVNING HOMILAGA TA`SIRI QANDAY?»'ning rasmi

— Homilam 15 haftalik bo`ldi. TORCH-infeksiyaga qon topshirganimda, SMV infeksiyasi borligi aniqlandi. Shifokor «Hozir seni davolab bo`lmaydi, homilang 7 oylik bo`lganida davolaymiz», dedi. Bu gap to`g`rimi? Ishqilib 7 oygacha homilamga yomon ta`sir qilmaydimi?

Munojat, 27 yosh, Toshkent shahridan

Yulduz EShANOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog: — Aslida ayollarga TORCH-infeksiyalar bo`yicha homiladorlikni rejalashtirgunga qadar tekshiruvlardan o`tish, davolash, shundan keyingina homilador bo`lish tavsiya etiladi. Buning sababi TORCH-infeksiyasi kasalliklari homila rivojlanishida nuqsonlar bo`lishiga olib kelishi bilan bog`liq. Agar TORCH-infeksiyasi homiladorlik davrida aniqlangan bo`lsa, bu kasallikni davolash haqiqatan ham homila 7 oylikdan oshgunga qadar qoldiriladi. Chunki bu muddatdan oldin davolashda qo`llaniladigan dori vositalari homilaga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. 7 oylik muddatdan so`ng esa bu dori vositalarining nojo`ya ta`sir xavfi kamayadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar