AsosiySUG'DIYONA

JAROHAT, INJIQLIK VA IChKI KASALLIKLAR 5 SAVOLGA – JAVOB

'JAROHAT, INJIQLIK VA IChKI KASALLIKLAR 5 SAVOLGA – JAVOB'ning rasmi

Bolalar salomatligidagi kichik o`zgarishlar ham kezi kelganida organizmning ogohlantiruvchi belgisi bo`lishi mumkin. Kutilmagan vaziyatlardan xoli bo`lish uchun o`z vaqtida shifokor ko`rigini kanda qilmang. Mabodo, biror masalada ikkilansangiz, tahririyatimizga murojaat eting. Malakali mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishadi.

Foto: o`rtadan bolaning yig`lab turgani, bo`yini o`lochayotgani, boshini ushlab turgani, shifokor qabuli, dori vositalari, va UTT

«BO`YI O`SMAYaPTI, NIMA QILAY?»

O`g`limning bo`yi tengqurlariga qaraganda ancha past, nazarimda. Uy sharoitida bo`yini o`stirish choralari mavjudmi?

Gulnora, Toshkent shahri

Savolga shifokor-endokrinolog Shahlo BAKIEVA javob beradi:

1.Bolaning bo`yi, albatta, naslga bog`liq. Yana bolaligida ko`p shamollab, buqoq bilan og`rishi, ovqatlanishda pala-partishlik bo`lsa, bola o`sishda tengqurlaridan ortda qolishi mumkin. Bolaning bo`yini o`stirmoqchi bo`lsangiz, ikki yoshidan boshlab, turnikda kuniga 2-3 mahal, 4-5 daqiqadan shug`ullantiring, 7 yoshidan suzishga bering. Sportning basketbol, volleybol turlari ham bolaning bo`yini yiliga 3-6 sm.gacha o`stiradi. Albatta, bu borada ovqatlanish tartibiga ham rioya qiling: sut-qatiq, pishloq, yong`oq, baliq (ayniqsa, uvildirig`i), har kuni sabzili salat (sabzini qirg`ichdan o`tkazib, qaymoq yoki zaytun moyi, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz va kashnich yoki ismaloq ko`kati bilan aralashtirib) beriladi. Bolalar uyqusida o`sishi rost. Farzandingizni har kuni kechki soat 21.00 da uxlashga odatlansin.

«GO`DAGIMNING BOShIDA BEZ BOR...»

Ikkinchi farzandim boshida moshdek, harakatlanadigan bezcha bilan tug`ildi. Homiladorligimda mastopatiya tufayli, qo`ltiq ostimga bez tushgandi. Kichkintoyimning boshidagi bezga buning aloqasi bormi?

Sojida, Toshkent shahri

Savolga bolalar shifokori Dinara EMINOVA javob beradi:

Bolaning boshida har xil o`sma, gematoma, shish bilan tug`ilishi onaning homiladorlik paytida og`rigan yuqumli kasalliklari, surunkali xastaliklari, tug`ruqning og`ir kechishi sababchi bo`lishi mumkin. Muammoga oydinlik qiritish uchun bolalar shifokori, neyroxirurg, nevropatolog va teri kasalliklari shifokori ko`rigidan o`tishni maslahat beraman. Qon va siydik tahlili hamda bosh miya UTTsi ham qildirilishi talab etiladi.

«QIZIM KARAVOTIDAN YIQILIB TUShDI»

Qattiq jarohat olmagan bo`lsa-da, boshida kichik g`urra paydo bo`ldi. «Tez yordam» chaqirdik, miya chayqalmagan ekan. Ertasiga qizim qaltiray boshladi. Nevropatologga uchrasak, stress alomati bo`lishi mumkin, dedi. Bir yarim oydan keyin farzandim yana qaltiraydigan, qo`l-oyog`i tortishadigan bo`ldi. Shifokor EEG tekshiruvidan o`tishni buyurdi. Bularning bari yiqilganidan emasmi?

Nazokat, Farg`ona viloyati

Savolga shifokor-nevropatolog Lola ShODMONOVA javob beradi:

  • EEG – elektroensefalogramma tekshiruvi bolada talvasa, bosh aylanishi, jizzakilik, jazavaga tushish, nutqdagi kamchiliklar, yig`loqilik, epilepsiya bor-yo`qligiga gumon bo`lsa, buyuriladi. Maslahatim, EEG tekshiruvi bilan birga neyrosonografiya tahlilini ham o`tkazing. Tibbiy xulosaga ko`ra, farzandingiz uchun zarur muolaja tayinlanadi.
  • Muammo qiyin kechgan tug`ruq hamda bolaning qorni dam bo`lishidadir ehtimol. Bu holatda qornini soat mili bo`yicha engil uqalash, qoringa issiq qo`yish, cho`miltirganda suvga asarun (valeriana) o`ti qaynatmasidan qushish tavsiya etiladi. Valeriana ichakdagi tonusni pasaytiradi va bola ancha tinchlanadi. Maslahatim, albatta bosh miya UTT tekshiruvidan o`ting, chunki chinqirib yig`lash bosh miyada qon aylanish buzilganida, kalla ichki bosimi ko`tarilganda ham kuzatiladi.
  • Bir yoshli qizim ikki haftadan beri tumov bilan og`riydi. Shifokor buyurgan tomchi doridan foydalandik, natija yo`q. Nima qilsak bo`ladi?

«ChAQALOG`IM TINMAY YIG`LAYDI...»

Kichkintoyim uch haftalik. Kindik o`qiga o`ralib tug`ilgani bois tug`ruq jarayoni qiyin kechgan. Shifokorlar injiqroq bo`lishi mumkin deyishgandi, ammo emizayotganimda ham tinmay yig`layveradi. Anchagacha ovutolmayman. Buning sababi nima bo`lishi mumkin?

Shahnoza, Toshkent shahri

Savolga umumiy amaliyot shifokori Yulduz KARIMJONOVA javob beradi:

«YoZGI TUMOVNING ChORASI BORMI?»

Ozoda, Namangan shahri

Savolga umumiy amaliyot shifokori Yulduz KARIMJONOVA javob beradi:

–Malakali pediatr va LOR ko`rigidan o`ting. Uzoq vaqt davom etayotgan tumovning sababi tomoqdagi infeksiya yoki adenoidda bo`lishi mumkin. Yana allergolog maslahati ham talab etiladi. Chunki bu holat aksirish bilan birga kechsa, allergik rinit belgilaridan darak berishi ham mumkin.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar