Adliya vazirligi O`zbekiston Turkiya Ishbilarmonlari Uyushmasi "UTID" bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi Yangier "Muruvvat" nogiron ayollar uchun internat uyida xayriya tadbirin o`tkazdi.

Mazkur tadbir doirasida internat uyidagi 150 nafar bemor ayollarga hamda muruvvat uyi xodimlariga maxsus sovg`alar tarqatildi.

Tadbir davomida yig`ilganlarga bayram dasturxoni yozilib, xonandalarning kuy-qo`shiqlari taqdim etildi.






