AsosiySalomatlik

“YaNA STOMATIT BO`LDIM...”

'“YaNA STOMATIT BO`LDIM...”'ning rasmi

— Antibiotik dori vositasini qabul qilganimdan so`ng tilim va lunjimning shilliq qavatida stomatit paydo bo`ldi. Maslahat berishganidek achchiqtosh bilan og`izni chayqadim, ammo foydasi bo`lmadi. Uch kun avval yana stomatit yuzaga kelganini sezib qoldim, endi ham nima qilishni bilmayapman. Yo bir martadan so`ng xastalik qaytalanaveradimi?

G`ulom Musajonov, Surxondaryo viloyati

Timur MADAZIMOV, LOR-shifokor:

— Oshqozon faoliyatidagi o`zgarishlar, me`da mikraflorasining buzilishi, kamqonlik, immunitetning zaiflashishi hamda ayrim turdagi dori vositalarini uzoq muddat qabul qilish stomatitni keltirib chiqarishi mumkin. Stomatit qaytalanishga moyil xastalik, agar immun tizimingiz sustlashib boraversa, oddiy shamollash asorati ham og`izda chaqa hosil bo`lishi bilan aks etadi. Kasallik to`liq davolanishi uchun LOR-shifokor ko`rigi hamda to`g`ri tanlangan muolaja lozim. Agar stomatit yarasi chuqur joylashgan hamda kattalashgan bo`lsa, maxsus preparatlar yordamida kuydiriladi. Uy sharoitida esa mutaxassis mutaxassis buyurgan vositalardan tashqari, moychechak, eman po`stlog`i damlamalaridan foydalanish mumkin. Eng muhimi esa achchiq, sho`r, dudlangan mahsulotlar, yong`oq, pista, kartoshka chipslari taomnomadan cheklanishi lozim. Yo`qsa, stomatitning tuzalishi uzoqqa cho`ziladi.

    Boshqa yangiliklar