AsosiySalomatlik

«TIShIMNI DAVOLATMOQChIMAN, AMMO..»

'«TIShIMNI DAVOLATMOQChIMAN, AMMO..»'ning rasmi

— To`rt oylik farzandim bor. Uni ko`krak suti bilan parvarishlayotganim bois, tishimni davolatishga cho`chiyapman. Shifokor yozib bergan dori preparatlari sut tarkibini o`zgartirib yuborsa-chi?

A.Azizova, Buxoro shahri

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Tishni davolatish shart, negaki tishlardagi yallig`lanish, kichkintoy bilan muloqot qilayotganingizda unga o`tishi mumkin. Shifokor huzuriga borganingizda ko`krak suti bilan emizayotganingizni ayting. Sizdagi ma`lumotlarga asoslanib, mahalliy anestetiklarning qay biridan foydalanish kerakligi hal qilinadi. Og`riq qo`zg`agan vaqtda esa barcha turdagi og`riqsizlantiruvchi preparatlarga ham murojaat qilish to`g`ri emas. Ayrimlari chaqaloq salomatligida nojo`ya aks etishi mumkin. Parasetamol va ibuprofen saqlovchi moddalar go`dakning tobi bo`lmayotgani darajasiga qarab berilishi mumkinligini hisobga olsak, emizikli ayol ham ushbu prepatalarni terapevtik miqdorda qabul qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar