1

PREZIDENT 2018 YILNING QANDAY NOMLANIShINI YaQIN KUNLARDA E`LON QILADI

Siyosat 07.12.2017, 23:35
PREZIDENT 2018 YILNING QANDAY NOMLANIShINI YaQIN KUNLARDA E`LON QILADI

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning qanday nomlanishini yaqin kunlarda Oliy Majlis palatasiga murojaat vaqtida e`lon qiladi. Bu haqda davlat rahbari payshanba kuni mamlakat Konstitusiyasining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilishda ma`lum qildi.

O`zbekistonda har bir yilni hayotning muayyan jabhasiga bag`ishlash an`anasi Inson manfaatlari yili deb e`lon qilingan 1997 yildan buyon davom etib kelmoqda. Har yili 8 dekabrda nishonlanadigan Konstitusiya kunida kelgusi yilning qanday nomlanishi e`lon qilinar edi. 2017 yil O`zbekistonda Shavkat Mirziyoev taklifi bilan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e`lon qilingan edi.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e`lon qilingan 2017 yilda „Inson manfaatlari - barchasidan ustun“ shiori ostida ko`plab ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar Konstitusiyamizning asosiy tamoyillarini amalga oshirishda yana bir qadam bo`ldi», - dedi Prezident.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1