1

"Orzum ushaldi!"

Rekord 09.12.2017, 17:31
"Orzum ushaldi!"

Nozimaxon Qayumova, 24 yosh, “O`ZBEKISTON IFTIXORI” unvoni sohibasi. 44,58 metrga nayza uloqtirib, jahon rekordini o`rnatdi va oltin medalni qo`lga kiritdi.

— Oilamizda akam va opam sport bilan shug`ullanishadi. Men ham ularga havas qilib, besh yoshimdan engil atletika mashg`ulotlariga qatnasha boshladim. Avvaliga Respublika miqyosida o`tkazilgan musobaqalarda, keyin Osiyo, Jahon maydonlarida faxrli o`rinlarni qo`lga kiritdim. “Rio-2016”dagi g`alabam esa meni yanada ruhlantirdi. Sportchi o`ziga ishonsa va dangasalik qilmasa, albatta, ko`zlagan marrasini zabt etadi. Paralimpiadaga jo`nab ketayotganimizda Birinchi prezidentimiz bizga oq fotiha bergandi. Yurtdoshlarimiz, murabbiylarimiz, yaqinlarimiz va shu yilgi Olimpiada o`yinlari g`oliblari yaxshi niyatlarla kuzatib qolishgandi. Shu sabab ham katta ishonch bilan maydonga tushdik. Yurtimiz madhiyasi Rio-de Janeyro maydoni uzra yangraganda tinch va obod yurtim ko`z oldimdan o`tdi. Kamtarona xizmatlarimiz yuksak baholanib, mashina bilan taqdirlanganimda esa bir umrlik orzum amalga oshganidan ko`zlarimga yosh oldim. Axir kichkinaligimdan otamga mashina sovg`a qilishni orzu qilardim!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1