— To`rt nafar farzandim bor. Taqdir ekan – turmushimdan ajrashib, qayta uylandim. Ammo bunisi bilan ham hayotimiz bo`lmadi. Hozir birinchi oilamga qaytganman. Ikkinchi turmushimdan esa bir farzandim bor. Unga aliment to`layman. Lekin moddiy taraflama imkoniyatim to`g`ri kelmayotgani bois, miqdorini kamaytirmoqchiman. Shunday qilsa bo`ladimi?
K., Toshkent viloyati
Advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi.
— Sobiq rafiqangiz istiqomat qilayotgan manzil bo`yicha fuqarolik sudiga murojaat etib, ijtimoiy ahvolingizni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz va alimentdan ozod qilish yoki miqdorini kamaytirish haqida da`vo keltirishingiz mumkin.