Zarur masalliqlar: 200 gr. krab qalamchasi, 100 grammdan qaynatilgan guruch va qirg`ichdan chiqarilgan pishloq, 4 dona tuxum, mayonez, tuz; bezak uchun: qizil bulg`or qalampiri, konservalangan yashil no`xot.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig`i va krab qalamchasini mayda to`rtburchak shaklida to`g`rang. So`ngra guruch va pishloq bilan aralashtirib, tuz va mayonez qo`shing.
2. Salat aralashmasidan dumaloq sharchalar yasab,qirg`ichdan chiqarilgan tuxum oqiga belab chiqing.
3. «Qorbobo»larni salat likopchasiga terib, qizil bulg`or qalampiri va yashil no`xot yordamida bezating. Mazasi yanada yaxshi bo`lishi uchun 30 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
6 kishilik






