Endilikda yovvoyi fauna vakillari bilan selfiga tushishni xush ko`ruvchilar sabab, hayvonlar bilan tushirilgan suratlarni Instagram tarmog`idan topish mushkul bo`ladi.
Endi hayvonlar bilan tushirilgan selfilarni izlab topish jarayonida Instagramdan foydalanish qoidalari orasida hayvonlar bilan shafqatsiz ravishda munosabatda bo`lish va suratlarni tarqatishni ta`qiqlovchi ogohlantirishlar bo`ladi. Mazkur ogohlantirishni o`tkazib yuborish mumkin va postlarni ma`lum bir xeshteg yordamida, masalan #tigerselfie yoki #coalaselfie orqali izlab topish mumkin.
Shuningdek, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish va tabiatga zarar etkazilayotgani aks ettirilgan suratlar bloklanadi, deb yozadi life.ru.






