Sevimli

NONNA GRIShAEVA "BESh OQShOM" BILAN TOShKENTDA!

Madaniyat 12.12.2017, 10:25
NONNA GRIShAEVA "BESh OQShOM" BILAN TOShKENTDA!

Kirib kelayotgan yangi yil arafasida poytaxt ahli va mehmonlarini ajoyib sovg`a kutayotir. 2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida, rejissyor Pavel Safonov tomonidan sahnalashtirilgan “Besh oqshom” spektakli namoyish etiladi.

Bosh rolni Rossiyaning taniqli aktrisasi, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Nonna Grishaeva ijro etadi. Bosh erkak rolini esa, Aleksey Rijkov talqin etadi.

Bayram oldidan namoyish etilayotgan bu tadbirning bosh homiysi “O`zbekneftigaz” AJ va “Teatr do`stlari klubi” hisoblanadi. Ta`kidlash o`rinliki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil 3 avgut kuni yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan “Teatr do`stlari klubi” teatrlarning nafaqat ijodiy, balki texnik salohiyatini yuksaltirish, ijodiy jamoani qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, YaNgi spektakllarni sahnalashtirish, gastrollar uyushtirish singari bir qator vazifalarni o`z ichiga oladi.

Hayot va muhabbatni nozik his eta olgan dramaturg Aleksandr Volodin 1958 yilda “Besh oqshom” pesasini yozgan va unga quyidagicha izoh bergan: «Bu har birimiz uchun juda muhi bo`lgan sevgi, mehr, shafqat singari tushunchalarni izlash, yo`qotish va topish oqshomlaridir. Bu pesa insonning o`ziga ishonchi, hayot mohiyati, agar u o`z yo`lidan borsa, og`ishmasa, albatta o`z baxtini topa olishi haqidadir...”

Mashhur pesa Nikita Mixalkov hamda Lyudmila Gurchenka bosh rollarni ijro etgan shu nomli film orqali ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Bevosita bu tomoshaning bosh rol ijrochisiga to`xtaladigan bo`lsak, u kino va televideniya aktrisasi, parodiyachi, teleboshlovchi va xonanda sifatida ham dovrug` qozongan.

Tashkilotchilar yoshlar uchun alohida aksiya ham o`tkazishmoqchi: teatr oliy o`quv yurtlari va kollejlarining iqtidorli talabalari uchun “Besh oqshom” spektakliga 200 ta imtiyozli chipta ajratilgan.

Шарҳлар